“Aeroflot” Moskvadan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda
Olam
−
06 May 2022 5422 1 daqiqa
Joriy yilning 20 may sanasidan boshlab Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Moskvadan Toshkentga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Reyslar har kuni quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
Moskva – Toshkent
• uchib ketish – 19:45;
• uchib kelish – 01:45.
Toshkent – Moskva
• uchib ketish – 03:45;
• uchib kelish – 06:10.
Qayd etilishicha, aviakompaniyaning Moskvadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan 21 maydan “Rossiya” aviakompaniyasining Sochidan Toshkentga parvozlari bekor qilinadi. Yo‘lovchilar esa Moskvadan amalga oshiriladigan reyslarga qayta rasmiylashtiriladi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr