Ayollar va bolalarga tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha qaror e’lon qilindi
Jamiyat
−
11 mart 2019 7845 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalarga tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining barcha tuman tibbiyot birlashmalariga onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari lavozimini kiritish taklifi berildi.
Dastur loyihasida bolalar va ayollar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish hamda qulay va sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash maqsadida quyidagilar tashkil etiladi:
• birlamchi tizimda - tuman (shahar) markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarda bolalar bo‘limi;
• shifoxona tizimida - tuman (shahar) bolalar shifoxonalarida bemor bolalarga tunu-kun shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladigan navbatchi birligi;
• tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridagi bolalar shoshilinch o‘rin-joylarini optimallashtirish hisobidan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari;
• Toshkent shahridagi 2-sonli shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
Shuningdek qarorga muvoiq, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosariga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
• onalik va bolalikni muhofaza qilishga doir Davlat dasturlarini amalga oshirilishi va tatbiq etilishini doimiy monitoring qilish;
• onalar, go‘daklar va bolalar kasallanishini, o‘limini oldini olish, nogironlik bilan tug‘ilishning oldini olish maqsadida homilador ayollar prenatal skriningini amalga oshirish, shuningdek perinatal va neonatal yordamni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish;
• dalillarga asoslangan tibbiyot asosida ishlab chiqilgan klinik protokol va davolash standartlarini tatbiq qilish orqali dori vositalaridan ratsional foydalangan holda bolalar kasalliklarini davolash samaradorligini nazorat qilish;
• onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy hizmat holatini baholash va monitoring qilish, statistik va demografik ma’lumotlarni tahlil qilish.
Live
Barchasi