Adju universitetining xalqaro diplomini atigi 7 million so‘mga qo‘lga kiriting

Biznes

image

Toshkent shahridagi Adju universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil yetish to‘g‘risida”gi qarori asosida Koreya Respublikasining Adju universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Ushbu universitet Osiyoning yeng yirik universitetlari ichida TOP-100 ruyxatiga kirgan va Koreya davlatida kompyuter muhandislik yunalishi buyicha ko‘p yillardan beri birinchi o‘rinlarini egallab kelyapti.

Ta’lim yo‘nalishlari:

•  "Arxitektura" (Architecture) – 7,8 mln so‘m
•  "Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi" (Electrical and Computer Engineering) – 7,1 mln so‘m
•  "Qurilish muhandisligi" (Civil Systems Engineering) – 7,1 mln so‘m

Ta’lim 100% ingliz tilida olib boriladi hamda universitetda ta’lim beruvchi o‘qituvchilarning kamida 30 foizi Koreya Respublikasidagi Adju universiteti professorlaridir.

Universitetni tugatgan talabalar, Koreya Respublikasidagi Adju universitetining xalqaro diplomiga ega bo‘ladi va bu diplom dunyoning barcha nuqtalarida tan olinadi.

2020-2021 o‘quv yili uchun universitetga hujjat qabul qilish 24 noyabr soat 00:00 da to‘xtatiladi. Abituriyentlar hujjatlarni onlayn topshirishlari mumkin va qulaylik yaratish maqsadida universitet binosida offlayn qabul ham tashkil etilgan.

Onlayn ro‘yhatdan o‘tish paytida shaxsiy ma’lumotlarni taqdim qilish va quyidagi hujjatlarning skanerlangan nusxalarini yuborish lozim:

•  Pasport;
•  Umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugatganligi to‘g‘risidagi baholar qo‘yilgan ilova bilan shahodatnoma, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejining baholar qo‘yilgan ilova diplomi;
•  3,5x4,5 o‘lchamdagi fotosurat (olingan sanasi 3 oydan oshmasligi kerak);
•  Kamida 5.0 ball to‘planganligi haqida IELTS sertifikati (mavjud bo‘lsa).

Eslatma: hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida badal to‘lovi amalga oshiriladi (223 000 so‘m).

IELTS sertifikatini taqdim qilgan abituriyent ingliz tili bo‘yicha imtihondan ozod etiladi.

Kirish imtihonlari ingliz tili, matematika va fizika fanlaridan o‘tkaziladi hamda kirish imtihonlarini o‘tkazish, shuningdek, talabalarni qabul qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri Koreya Respublikasining Adju universiteti vakillari tomonidan amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumotni universitetning www.ajou.uz rasmiy saytidan yoki 71-207-65-66, 71-207-66-76, 95-195-33-66, 94-620-16-61 telefon raqamlaridan olishingiz mumkin.

E-mail: info@ajou.uz, aut@ajou.uz

Telegram   Facebook    Instagram

Toshkent shahridagi Adju universitetiga xush kelibsiz!


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

441

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing