ADRENALINE’da o‘tgan CAR FEST - 2022

Biznes

image

28-29 may kunlari Toshkent viloyatidagi Amirsoy Mountain Resort tog‘-chang‘i kurorti hududida O‘zbekistonda ikkinchi marotaba nishonlanayotgan avto-moto festivali – CAR FEST bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi festival mehmonlari 200 dan ziyod eksklyuziv sport avtomobillari, xorijiy tyuning-avtomashinalar va mamlakatimiz avtosanoatining eng yaxshi mahsulotlarini ko‘rish, Qozog‘iston hamda Rossiyaning mashhur poygachilari, kaskadyorlari bilan yaqindan muloqot qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Shuningdek, barcha mehmonlar qiziqarli tanlovlarda qatnashib, Adrenaline Rush quvvatidan kuch olishdi.

Mazkur festival “Drift”, “Avtotovush", “Burnout” yo‘nalishlari bo‘yicha yorqin shou va ko‘rgazmalar, shuningdek, “Eng yaxshi moslama”, “Eng baland dud”, “Eng yaxshi retro car”, “Eng yaxshi interer”, “Eng yaxshi sport avtomobili”, “Eng yaxshi disklar”, "Xalq avtomobillari tyuningi" va "Eng yaxshi tyuning" kabi nominatsiyalar bo‘yicha chiqishlarga boy bo‘ldi.

Ko‘pchilik ishqibozlarning talab va istaklariga binoan, CAR FEST - 2022 tadbiriga rossiyalik mashhur hedlayner, xalqaro toifadagi avtopoygachi- driftyor Arkadiy Saregradsev tashrif buyurdi. Mashhur avtopoygachi Adrenaline Rush brendingi ostidagi avtomobilda murakkab drift-chiqishi tomoshabinlar tomonidan ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi.

Ikki yildirki, CAR FEST  avto va moto ishqibozlarini keng ko‘lamli avtoko‘rgazmasi bilan hayratda qoldirib, unutilmas taassurotlar bag‘ishlamoqda.

Ekstremal sport turlarining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan Adrenaline Rush brendi CAR FEST - 2022 tadbirining bosh hamkori sifatida ishtirok etdi.

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing