Robaxon Mahmudova navoiylik saylovchilar bilan uchrashdi

Biznes

image

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudovaning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Navoiy shahrida tashkil etilgan uchrashuvda Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Rustam Hayitov saylovchilarga nomzodning tarjimai holi va faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng Prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova so‘zga chiqib, o‘z saylovoldi dasturining maqsad va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlarini saylovchilar e’tiboriga havola etdi.

Ta’kidlanganidek, nomzod dasturida  ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, mamlakatimizni adolatlilik, birdamlik, ijtimoiy himoya va mas’uliyat tamoyillari hukmronlik qiladigan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga erishish kabi vazifa va maqsadlar nazarda tutilmoqda.

Qolaversa, dasturda mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash, jamiyatning innovatsion, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va inson kapitalini rivojlantirish kabi masalalarda izchil takliflarning ilgari surilayotgani yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv yakunida saylovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga nomzod tomonidan batafsil javob berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudovaning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etadi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.adolat.uz 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

YouTube'da bizni kuzatib boring


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing