“Adolat” SDP o‘qituvchi maqomini oshirish tarafdori!

Biznes

image

Ta’limga investitsiya kiritish – bu kelajakka sarmoya kiritish, xalq farovonligi, davlatning raqobatdoshligini ta’minlovchi omildir. Shu bois, biz uzluksiz ta’lim tizimini muntazam takomillashtirish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tarafdorimiz. 


O‘qituvchining maoshi ham, mavqei ham baland bo‘lishi lozim

Ibragimova Zuxra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi:

— Umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, umumta’lim maktablarni haqiqiy bilim maskanlariga aylantirish, bolalar sporti hamda musiqa va san’at maktablarini son va sifat jihatdan yangilash, bolalarning mutolaa madaniyatini rivojlantirish masalalari ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Biz o‘qituvchilar huquqiy maqomini yanada ko‘tarish, ularning ish haqi va ijtimoiy mavqeini oshirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshiramiz va shu maqsadda “O‘qituvchining maqomi to‘g‘risida” alohida qonun qabul qilishni taklif qilamiz. 

Ta’lim olish va uning sifatini oshirish strategiyasini qabul qilish, amaldagi qonunlar, qarorlar, ko‘rsatmalar va boshqa me’yoriy hujjatlarni tizimlashtirgan holda, “Ta’lim to‘g‘risidagi kodeks”ni qabul qilishni taklif qilamiz va istiqbolda butun ta’lim jarayonini muvofiqlashtiruvchi yagona huquqiy tizimni yaratamiz.

 

OTMlar o‘zini o‘zi moliyalashtirsa...

Shuxrat Polvanov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati:

— Biz oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan tizimli ishlarni davom ettiramiz, oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bilan ta’minlash, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan o‘quv-uslubiy materiallar va o‘quv dasturlari, yetakchi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng joriy qilish orqali o‘quv sifatini oshirish masalalariga keng e’tibor qaratamiz. Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni va samaradorligini oshirish hisobiga oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 2030 yilga qadar 50 foizdan oshirish, oliy ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish borasida amaliy takliflar beramiz. Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalarining bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tartibiga o‘tishini ta’minlashga qaratilgan normativ hujjatlarni ishlab chiqamiz.

Shuningdek, kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish borasidagi chora-tadbirlar ustidan samarali va ta’sirchan parlament, deputatlik va jamoat nazoratini o‘rnatamiz.

Har kim oliy ma’lumot olishga haqli!

Mukaddas Malikova, Sirdaryo viloyati “Yurt Istiqboli” ijtimoiy axborot markazi direktori:

— Oliy ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda 2020 yildan har bir oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilash bilan birga, oliy ma’lumotli kadrlarni ko‘paytirish va ular o‘rtasida raqobatni kuchaytirish, oliy ma’lumotlilar soni bo‘yicha mamlakat darajasini ko‘tarish maqsadida oliy o‘quv yurtlariga kirish kvotalarini bosqichma-bosqich oshirib borish (bunda o‘quv yurtlari uchun umumiy qabul kvotalarini belgilash tajribasidan voz kechish), sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shaklini keng joriy etish choralarini amalga oshiramiz. 

Bundan tashqari, pedagogika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarini eng nufuzli ta’lim muassasalariga aylantirish, pedagoglikka moyilligi bo‘lgan yoshlarni maqsadli tarbiyalab borish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish tarafdorimiz. 

Mukaddas Malikova, Sirdaryo viloyati “Yurt Istiqboli” ijtimoiy axborot markazi direktori

Vatanimiz kelajagi uchun O‘zbekiston “Adolat” SDPdan ko‘rsatilgan nomzodlarga ovoz bering!

Reklama huquqi asosida
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

26

Reyting

4.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing