Adobe asoschilaridan biri vafot etdi 

Olam

image

Amerikalik tadbirkor, Adobe kompaniyasi, shuningdek, Portable Document Format (PDF) dasturining asoschilaridan biri Charlz Geshke 16 aprel kuni 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda "Associated Press" xabar bergan.  

Charlz Geshke 1939 yilning 11 sentyabr kuni Ogayo shtatining Klivlend shahrida tug‘ilgan. 

1972 yilda Pittsburgdagi Karnegi Mellon universitetida informatika bo‘yicha doktorlik darajasini olgan. Shundan keyin Palo-Alto shahridagi Xerox ilmiy-tadqiqot markazida ishlay boshlagan. Geshke u yerda Jon Uornok bilan tanishgan va ular 1982 yilda Xerox’dan ketib, Adobe’ga asos solgan. 

Geshke va Uornokning birinchi ishlanmalaridan biri PostScript sahifani tavsiflash tili bo‘lgan. 

O‘tgan yillar davomida kompaniya ko‘plab kompyuter dasturlarini ishlab chiqqan, jumladan Adobe Reader va Adobe Acrobat, shuningdek Photoshop va InDesign.


Maqola muallifi

Teglar

Charl'z Geshke

Baholaganlar

15

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar