Administratsiyadan chiqish eshiklari ko‘rsatilgan Abduvohidov o‘rniga yangi maslahatchi tayinlandi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik. 

Bugunning o‘zida uning o‘rnini sobiq o‘rinbosari Odil Qalandarovich Abdurahmonov egalladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Odil Qalandarovich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U bungacha Toshkent davlat transport universiteti rektori lavozimini egallab kelayotgan edi”, deb yozadi Asadov Telegram-kanalida.

Odil Abdurahmonov 1978 yilda tug‘ilgan. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.

U muqaddam Prezident Administratsiyasida bosh maslahatchi (konsultant), Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markazi rahbari bo‘lib ishlagan, 2018 yil 31 iyulidan 2019 yilning apreligacha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

2020 yilning iyunidan bugungacha Toshkent davlat transport universitetining rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing