“ADM Jizzakh” – ichki bozorda sog‘lom raqobat yaratilishini istovchi avtomobil korxonasi
Biznes
−
04 noyabr 2023
87372021 yilda Jizzax erkin iqtisodiy zonasida faoliyatini yo‘lga qo‘ygan “ADM Jizzakh” avtomobilsozlik zavodi 2024 yildan butunlay yangi bosqichga o‘tadi va avtomobillarning to‘liq ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yadi.
Mazkur zavodning keng qamrovli faoliyati, ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlar, ishchi-xodimlar malakasi, tajribasini oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bir guruh jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbat davomida Bosh direktor Daniyar Davletiyarov zavod to‘liq quvvat bilan ishlashi uchun so‘nggi ishlar olib borilayotgani, bir qator ishchi-xodimlar esa soha bo‘yicha yetakchi mamlakatlarda tajriba oshirib kelgani haqida ma’lumot berdi.
Deyarli 100 gektar maydonda joylashgan ushbu zavodni, avtomobilsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish markazini yaratishga qaratilgan to‘laqonli texnologik shahar, deb atash mumkin. Loyiha bir necha bosqichda amalga oshirilmoqda.
Birinchi bosqich – avtomobillarni SKD usulida, ya’ni yirik uzelli ishlab chiqarish usulida, yig‘ish 2020 yilda boshlangan bo‘lib, 2021 yil mart oyida muvaffaqiyatli ishga tushirilgan. Hozirgi kunga qadar “Kia”, “Chery”, “Haval” va xokazo brendlar ostida umumiy qiymati 7,3 trillion so‘mdan ortiq bo‘lgan 33 mingdan ziyod avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Bu vaqt davomida Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan 1200 nafardan ortiq yosh ishchi va mutaxassislar ish bilan ta’minlandilar. Ularning deyarli 100 nafari xotin-qizlardir.
Hozirgi vaqtda zavod to‘liq ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zlashtirish va avtokomponentlarni mahalliylashtirish bosqichiga o‘tgan.
Press-tur ishtirokchilari aynan mana shu jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar. Ya’ni, kompaniya tomonidan yirik uzelli yig‘ish uslubini o‘zlashtirish bilan bir qatorda kuzovlarni payvandlash, bo‘yash, avtomobillarni yig‘ish va yakuniy sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zlashtirgan holda avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Kiritiladigan ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 000 dona avtomobilni tashkil qiladi. Qisqa qilib aytganda, kelasi yildan boshlab “ADM Jizzakh” zavodida avtomobillar to‘liq ishlab chiqariladi.
Ikkinchi bosqichda 310 million dollardan ortiq investitsiya jalb qilinadi.
Ushbu quvvatlarni ishga tushirish va asosiy butlovchi qismlarni o‘zlashtirish orqali avtomobillarni mahalliylashtirish darajasi 30 foizga yetadi. Avtomobillarni ishlab chiqarilish ketma-ketligi esa pulatdan to tayyor avtomobilgacha bo‘lgan barcha asosiy jarayonlar va bosqichlarni o‘zida qamrab oladi.
Shu o‘rinda “ADM Jizzakh” zavodi haqida ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tish joiz:
- Xususiy kapital hisobiga qurilayotgan birinchi avtomobil zavodi;
- Yiliga 160 000 donadan ortiq avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega O‘zbekistondagi ikkinchi yirik avtomobil zavodidir;
- Mijozlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi raqamli avtomobil ishlab chiqaruvchisi;
- Dilerlar tarmog‘i qamrovi bo‘yicha mamlakatda ikkinchi o‘rinda turadi. Respublika bo‘yicha 20 ta dilerlik va xizmat ko‘rsatish punktlari mavjud;
- Mintaqadagi eng yirik ish beruvchi: loyihalar ishga tushirilishi bilan kamida 4 500 kishi ish bilan ta’minlanadi;
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning keng assortimenti: yengil avtomobillardan tortib, tijorat transporti va osma tirkamalargacha qamrab olinadi.
Zavodda 2030 yilgacha avtomobillar ishlab chiqarilishi hajmini yiliga 300 000 taga yetkazish ustida ish olib bormoqda.
Natijada, ichki bozor uchun keng turdagi model va brendlar joriy qilinadi. O‘z navbatida ichki bozordagi avtomobillarga ortib borayotgan talab qondiriladi. Modellar portfeli har ikki yilda o‘rtacha bir marta yangilanib turiladi. Avtokomponentlar maksimal darajada mahalliylashtiriladi. Shuningdek, gibrid va elektromobillarni ishlab chiqish va mahalliylashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida ichki bozorda haqiqiy va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsad qilingan.
“ADM Jizzakh” zavodi uchinchi bosqichda yangi energiya manbalaridagi avtomobillarni ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish ustida olib bormoqda. 2024 yildan yangi energiya manbalaridan foydalanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish uchun yangi avtomobil zavodi qurilishi rejalashtirilgan. Yangi zavodning quvvati yiliga 50 000 tagacha avtomobilni tashkil etib, kelajakda uni 100 000 tagacha avtomobilga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Natijada, umumiy ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 250-300 ming avtomobilga yetkazish, o‘z tajriba-konstruktorlik yechimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun zamin yaratiladi. Shu maqsadda “ADM Jizzakh” avtomobil klasteri negizida Ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish rejalashtirilgan.
“Bu borada hamkorlar bilan yakuniy kelishuvlarga erishilgan. 2024 yildan boshlab dastlabki 50 nafar yosh muhandis Janubiy Koreya va Xitoydagi tadqiqot va loyihalash markazlarida malaka oshirishni boshlaydi. Hammasi bo‘lib 300 dan ortiq muhandis va loyihachilar shunday o‘quv kurslarida ishtirok etadilar. Ular kelajakda ADM global ilmiy-tadqiqot markazining tayanchiga aylanadilar”, – dedi Daniyar Davletiyarov jurnalistlarga bergan intervyusida.
Press-tur ishtirokchilari, “ADM Jizzakh” rahbarlari ishtirokida matbuot anjuman ham o‘tkazildi. Jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi