Adliya vazirligi: “Dorixona ochish tartibi soddalashtirildi”

Jamiyat

image

Endilikda oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar ham dorixona ochishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Javohir Kullizoda ma’lum qilindi.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, qonunchilikka o‘zgartirish kiritishga ruxsat berilgan. Shu sababdan farmatsevt bo‘lmagan oliy tibbiy ma’lumotga ega shaxslar ham dorixona ochishi mumkin bo‘ladi.

“Avvallari faqatgina oliy ma’lumotga ega farmatseftlar dorixona muduri sifatida ishlashga ruxsat berilgan edi. Endilikda qonunchilikni o‘zgartirishga topshiriqlar berildi. Ya’ni oliy malumotga ega shifokorlar ham dorixona ochishlari mumkin bo‘ladi”, dedi Javohir Kullizoda.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingandi. Mazkur farmonda 1 yanvardan boshlab 100 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi belgilangan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

577

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing