Innovatsion rivojlanish vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2020
8313O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Innovatsion rivojlanish vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Qarorga ko‘ra, Shahlo O‘tkurovna Turdiqulova vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu kunga qadar Shahlo Turdiqulova Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.
Shahlo Turdiqulova 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995 y. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.
Biologiya fanlari doktori, professor. “Do‘stlik” ordeni sohibasi. Ilmiy faoliyati davomida 160 tadan ortiq ilmiy ishlari, jumladan 2 ta o‘quv darslik va 2 monografiya chop etilgan. Halqaro ilmiy matbuotda 40 dan ortiq maqolalari chop etilgan.
Xirsh indeksi - 11, ishlariga boshqa olimlar tomonidan iqtibos keltirish statistikasi - 1085, O‘zbekistonda deyarli eng yuqori umumiy Impakt faktoriga ega – 149,5.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr