Adham Bekmurodov Prezident maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
09 fevral 2021
7323O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adham Sharipovich Bekmurodov Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, farmonga binoan Adham Bekmurodov Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Adham Bekmurodov mehnat faoliyati davomida “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Bank-moliya akademiyasi rektori kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi