Adham Ikramov Savdo-sanoat palatasiga qaytdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Adham Ikramov Savdo-sanoat palatasi Rayosati raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Savdo-sanoat palatasi Rayosati raisi yangi ta’sis etilgan lavozim bo‘lib, unga Prezident tavsiyasi bo‘yicha Adham Ikramov saylandi.

Vazirlikka ko‘ra, bu jamoatchilik asosidagi lavozim hisoblanadi. 

“Shuningdek, ayni vaqtda Adham Ikramov Sportni rivojlantirish vaziri sifatida faoliyatini ham davom ettirmoqda. Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ham o‘z ishini davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Adham Ikramov avval Savdo-sanoat palatasi raisi (2017-2022) lavozimida ishlagan. Shuningdek, u Sog‘liqni saqlash vaziri (2009-2012, 2016-2017), Bosh vazir o‘rinbosari (2012- 2016) lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing