“Abu saxiy” bozoridan koronavirus chiqdi. Bozor yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 6 iyuldan e’tiboran poytaxt Toshkentdagi Abu Saxiy bozori yopildi. Bu haqda Chilonzor tumani hokimiyati xabar bermoqda. 

Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan rejali profilaktik tadbirlar davomida  Chilonzor tumanida  joylashgan "Tashkent Trade Center" (Abu Saxiy) savdo  markazi  ma’muriyati ishchilari va  bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olingan. 

Test tahlillari natijasiga ko‘ra,  bir necha  xodimlarda  koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan.  

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, "Tashkent Trade Center" (Abu Saxiy) savdo markazi profilaktika tadbirlarini  o‘tkazish uchun vaqtincha yopildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abu Sahiy

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar