Abu-Dabiga Habib va Islomning og‘zini yopish uchun ketyapman – Charlz Oliveyra

Sport

image
0:00
0:00
download

Braziliyalik UFC jangchisi Charlz Oliveyra Abu-Dabiga (BAA) Islom Maxachev va Habib Nurmuhamedovning og‘zini yopish uchun borishini ma’lum qildi. Bu haqda “Sherdog” nashri xabar berdi.

“Ular (Habib Nurmuhamedov va Islam Maxachev) Braziliyaga muxlislarim oldida meni kaltaklash uchun borishlarini aytishdi. Men navbatdagi jangimni uyda o‘tkazishga harakat qildim, lekin ularning roziligini olmadim. Biz hatto Nyu-York yoki Las-Vegasda ya’ni, hech kimga tegishli bo‘lmagan joyda jang o‘tkazishga harakat qildik. Ular bunga javob berishmadi. Chempion esa ketma-ket uchinchi bor raqib hududida jang qiladi. Biroq Dastin Pore va Jastin Getji bilan jangda isbotlaganimdek, men uchun qayerda jang qilish muammo emas. Qafas yopilganda, faqat men va raqibim qolamiz, xolos. Men Abu-Dabiga ularning hududida Islom Maxachev va Habib Nurmuhamedovning og‘zini yopish uchun ketyapman”, degan sobiq UFC chempioni.

Qayd etish kerak, Nurmuhamedov intervyularidan birida Maxachev Oliveyrani Braziliyaga borib, o‘z muxlislari qarshisida mag‘lub qilishini aytgandi. Charlz bu gaplari orqali Habib va uning jamoasi so‘zida turmaganini urg‘ulagan.

Ma’lumot uchun, braziliyalik Charlz Oliveyra va rossiyalik Islom Maxachev o‘rtasidagi vakant chempionlik uchun bahs joriy yilning 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Bu jang g‘olibi yengil vazn toifasida UFC chempioniga aylanadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1927

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing