Abror Muxtor Aliy ma’ruzalari bo‘yicha aholiga ogohlantirish berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Abror Muxtor Aliyning “ayollar uradigan erkaklarni yoqtirishi” haqidagi ma’ruzasi tarqalgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Matbuot xizmati holat yuzasidan ogohlantirish berdi

Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Matbuot xizmatida o‘rindoshlik asosida faoliyat yurituvchi Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov)ning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishlarini muallifning shaxsiy qarashlari sifatida qabul qilinishi so‘ralgan.

“Texnik nuqtai nazardan ekspertizaga muhtoj va ko‘rinishidan bayonotning bir qismi bo‘lgan chiqishda aytilgan fikrlar ham diniy, ham dunyoviy tomondan keskin tanqidga loyiq”, deyiladi xabarda. 

Matbuot xizmatiga ma’lum qilinishicha, Abror Muxtor Aliy o‘z chiqishiga izoh bergan va ayollardan uzr so‘ragan. Unga bundan buyon chiqishlari mavzusiga va mazmuniga alohida e’tibor berish tavsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4542

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing