Abrol Vahobov boshqa ishga o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “A.J.Vahobovni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Abrol Jabarovich Vahobov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Abrol Vahobov 2008—2016 yillarda Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari axborot-tahlil departamentining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish sho‘’basiga rahbarlik qilgan, 2016-2019 yillarda Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2019 yilning fevralidan buyon O‘zbekiston Bosh vazirining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev Bosh vazirning Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Abrol Vahobov

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar