Abramovichdan “Chelsi”ni sotib olishga da’vogarlar ro‘yxati ma’lum qilindi

Sport

image

Todd Boeli, Josh Xarris va Rikettslar boshchilik qiladigan, 3 ta investorlar konsorsiumi  Londonning “Chelsi” futbol klubini sotib olish uchun taklif bilan chiqqan. Arizalar birinchi nazoratdan o‘tkazilgandan so‘ng, ular “aristokratlar” uchun kurashni davom ettirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlikning ta’kidlashicha, boshqa da’vogarlar ham yuqoridagi konsorsiumlar bilan raqobatlasha oladi. Chunki “Chelsi”ni sotish bilan shug‘ullanuvchi “Raine” banki hali ham klubni sotib olish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqda. “Raine”ning o‘zi hozircha klubni sotib olish uchun nomzodlarning nomini ochiqlagani yo‘q. Faqat rad etilgan arizalar haqidagina ma’lum qilmoqda.

“Bloomberg” yuqoridagi 3 ta investitsiya konsorsiumiga kimlar kirishini ham ma’lum qilgan: amerikalik biznesmen Todd Boeli boshchilik qiladigan konsorsiumiga Jonatan Goldshteyn va shveysariyalik milliarder Xansyorg Biss kiradi. “Chicago Cubs” beysbol jamoasi egalari Rickettslar oilasi “Chelsi”ni sotib olish uchun “Citadyel” investitsiya fondi asoschisi Ken Griffin bilan hamkorlik qiladi. Bir nechta Amerika futbol klublarining asoschilaridan biri va “Apollo Global Management Inc” investitsiyalar boshqaruvi kompaniyasi rahbari Xarris esa “British Airways”ning sobiq rahbari Martin Brouton va “Sakramento” asoschilaridan biri Vivek Ranadive bilan birgalikda “Chelsi”ni sotib olish uchun murojaat qilgan.

Murojaatlar murakkab mezonlar tizimi bo‘yicha baholanadi. Klubning xaridori Angliya Premer ligasi (APL) rasmiylarining ham roziligini olishi kerak bo‘ladi. Buyuk Britaniya hukumati esa “Chelsi”ning imkon qadar tezroq sotilishini xohlamoqda.

“Chelsi” 2003 yildan beri rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichga tegishli. 2022 yil fevral oyi oxirida u klubni boshqarish vakolatlarini “Chelsi” xayriya jamg‘armasining vasiylar kengashiga  topshirganini e’lon qildi. 2 mart kuni esa Abramovich jamoani sotish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, milliarder klub sotuvidan tushgan barcha pullar Ukrainadagi jangovar harakatlardan jabrlanganlarga yordam berishga yo‘naltirilishini ta’kidlagan edi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

710

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing