Abramovich “Chelsi” borasida Britaniya hukumati bilan kelishuvga erishdi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi xo‘jayini milliarder Roman Abramovich Buyuk Britaniya hukumati bilan klubni sotish uchun zarur bo‘lgan barcha qonuniy rasmiyatchiliklar bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Abramovichning advokatlari va hukumat klubning rossiyalik funksioner oldidagi 2 milliard yevrolik qarzi bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan.

Abramovich “Chelsi”ni sotuvga qo‘ygandan so‘ng, darhol qarzlarini qoplamoqchi bo‘lgan, biroq Buyuk Britaniya hukumatining sanksiyalari sababli Abramovichning barcha aktivlari muzlatilganligi uchun “Chelsi”ning sotuvi juda uzoq davom etgan.

Qayd etish joizki, bir hafta oldin “Chelsi” klubni amerikalik milliarder Todd Bouli boshchiligidagi konsorsiumga sotish bo‘yicha kelishuv imzolanganiga qaramay, hukumat bilan 2 milliard yevro (1,6 milliard funt sterling) miqdoridagi kredit taqdiri bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgan edi. Orada Abramovich “Chelsi”ga bergan qarzlaridan voz kechishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Biroq rossiyalik tadbirkorga yaqin insonlar Abramovichning qarzlardan voz kechish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Abramovich qariyb 20 yildan beri “Chelsi”ga egalik qiladi. Rossiyalik milliarder klubni 2003 yilda taxminan 190 million dollarga sotib olgan. 2021 yilda Amerikaning “Forbes” jurnali uning qiymatini 3,2 milliard dollarga baholagan — u dunyoning eng qimmat futbol klublari ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallagan. O‘tgan yillar davomida rossiyalik milliarderning tuzilmalari “Chelsi”ga umumiy qiymati 2 milliard dollar miqdorida kreditlar ajratgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing