Abramovich 5 britaniyalikni Rossiya asirligidan ozod qilishga yordam berdi – OAV

Olam

image

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich besh nafar Buyuk Britaniya fuqarosini Rossiya asirligidan ozod etishga yordam berdi. Bu haqda mahbuslardan biri Jon Xardingga tayanib, “The Daily Telegraph” nashri xabar berdi. 

"Abramovichning yordamchisi bizning qaytishimizda uning asosiy rol o‘ynaganini aytdi", degan Xarding nashrga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ular dastlab Abramovichni tanimagan.

Nashr suhbatdoshining aytishicha, tadbirkor ularga iPhone smartfonlarini sovg‘a qilgan va ular bilan futbolni birga muhokama qilgan.

“Ukrainaliklar uni juda hurmat qilishadi, hozir biz ham uni hurmat qilamiz. U biz uchun juda ko‘p narsalarni qildi va biz unga qanday rahmat aytishni bilmayapmiz", deya qo‘shimcha qilgan u.

Ozodlikka chiqarilgan mahbuslar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga olib ketilgan.

Ma’lumot uchun, 10 mart kuni Abramovich Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi. 15 mart kuni Yevropa Ittifoqi tadbirkorga nisbatan cheklovlar kiritdi. Cheklovlar ortidan milliarder 20 yildan beri egalik qilib kelayotgan "Chelsi" klubini sotishiga to‘g‘ri keldi.

Qayd etish joizki, Rossiya-Ukraina urushining dastlabki bosqichida olib borilgan muzokaralarda ham Abramovich ko‘rinish bergandi. U ikki tomonning murosaga kelishi uchun muhim rol o‘ynayotgani aytilgandi. Ammo keyinroq muzokaralar butkul to‘xtab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, 22 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiya va Ukraina o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi: Rossiya, tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalariga 55 nafar harbiy xizmatchi qaytarildi, 215 nafar harbiy xizmatchi Ukrainaga qaytdi, ular orasida “Azov” polkining qo‘mondonlari ham bor. Ukraina, o‘z navbatida, Viktor Medvedchukni ham Rossiyaga topshirdi.

Bundan oldinroq, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Samarqandda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvdan keyin Moskva va Kiyev 200 nafar asirni almashishga kelishib olganini ma’lum qilgandi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing