Abituriyentni 5 ming evaziga TDPUga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryoda fuqaroni Toshkent davlat politexnika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, fuqaro Sh.B. boshqa bir fuqaro X.ni Toshkent davlat politexnika institutidagi tanishlari orqali ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Buning evaziga esa Sh.B. abituriyent X.dan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing