Endi abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi

Jamiyat

image

Bugun, 19 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining 696-sonli qarori bilan “Ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi: 

•    86-100% uchun – 5 baho;
•    71-85% – 4 baho;
•    56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

Qayd etilishicha, ushbu tartib 2022-2023 o‘quv yilidan qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

327

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing