Abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlari qachondan ko‘rilishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

Ertaga, 7 sentyabr kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rish boshlanadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish joriy yilning 28 avgust kuni boshlangan edi.

Shuningdek, 31 avgust kuni talabalar o‘qishini xorijdan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.

Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun, 6 sentyabr arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing