Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

Jamiyat

image

2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022 yil 27 iyulgacha (27 iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga esa abituriyentlar 17 iyulgacha (17 iyul kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.
 
Ro‘yxatga olish DTMning rasmiy veb-sayti – my.dtm.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing