Abituriyentlarga “yashirin aloqa vositalarini” sotayotgan shaxs aniqlandi
3-sahifa
−
06 Sentabr 2020 10043 1 daqiqa
Kecha, 5 sentyabr kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv hamkorligi hamda Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda abituriyentlarga “yashirin aloqa vositalarini” sotayotgan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 29 yashar U. abituriyentlar test sinovlari jarayonida foydalanishi uchun qo‘lbola usulda maxsus yasalib, ichki kiyimlarga o‘rnatilgan aloqa vositalarini 100-200 AQSH dollardan sotayotgan bo‘lgan.
IIV unga nisbatan qanday chora ko‘rilganiga aniqlik kiritmagan.
“Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi abituriyentlarni test sinovlarida foydalanish taqiqlangan buyumlarni o‘zlari bilan imtihonga olib kirmasliklari bo‘yicha ogohlikka chaqiradi”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr