Abituriyentlar uchun nima ma’qulroq: kurslar, repetitorlar yoki mustaqil tayyorlanishmi?
Biznes
−
20 Sentabr 2021
9501O‘zbekistonda maktab dasturi fanlar bo‘yicha kirish imtihonlarida test topshiriqlarini yechish uchun kerakli bilimlarni egallashga kafolat bermaydi. Soni ortib borayotgan o‘rganilmagan mavzularga ega bo‘lgan o‘quvchilar tushunarsiz mavzularga e’tibor berishga imkon beradigan qo‘shimcha mashg‘ulotlarga murojaat qilishadi.
Keling, qaysi o‘qish turini tanlash kerakligini aniqlaylik: o‘qituvchi bilan, kurslarda yoki mustaqil ravishda? O‘qing va o‘zingiz uchun eng maqbul variantni tanlang.
Muayyan talabaning bilimidagi bo‘shliqlarni individual o‘quv mashg‘ulotlari bilan bartaraf etish mumkin. Mashg‘ulotlar vaqtini va intensivligini o‘zingizga moslashtirish nisbiy imkoniyatiga egasiz. Ba’zan siz uyda dars berishlariga kelishishingiz mumkin. Repetitor bilan mashg‘ulotlar paytida, darsga ajratilgan vaqt to‘liq sizga bag‘ishlanishiga amin bo‘lishingiz mumkin. Siz boshqa o‘quvchilarning o‘zlashtiruviga qarab ish tutmaysiz.
Repetitor bilan mashg‘ulotlarning katta kamchiligi – bu o‘qitishning yuqori narxi. Har bir oila, ayniqsa, bir nechta farzand bo‘lsa, alohida fanlar bo‘yicha alohida o‘qitishga qodir emas. Qolaversa, ko‘pincha o‘quvchilar yolg‘iz qolganda motivatsiyani saqlab qolish qiyin kechadi, qiziqish tezda yo‘qoladi, chunki raqobat yo‘q, o‘qituvchidan boshqa hech kim ularning g‘alabalarini ko‘rmaydi.
Repetitor mashg‘ulotlari ma’lum miqdordagi darslar uchun mo‘ljallanmagan. U ilgarilash uchun ko‘proq mashq qilish kerak, deb bahslashishi mumkin. Barkamollikning chegarasi yo‘q, shuning uchun repetitor bilan siz cheksiz mashq qilishingiz mumkin. O‘z navbatida kurslar, aksincha, darslar soni bilan aniq cheklangan va yuklanma teng taqsimlangan.
Agar biz ushbu o‘qitish shaklining ijobiy tomonlari haqida gapiradigan bo‘lsak, unda kurslar nafaqat darslar, balki fikrdoshlar bilan muloqotdir.
O‘quvchilar uchun bu do‘stlar doirasini kengaytirish, kuchlilarni aniqlash va zaifroq o‘rtoqlariga yordam berishni o‘rganish uchun imkoniyatdir. Ammo, boshqa tomondan, ba’zida ortiqcha suhbatlar mashg‘ulotlardan chalg‘itadi. Bu holda, u pullik kursni samarasiz tugatadi, chunki bilimdagi bo‘shliqlar yopilmagan bo‘ladi.
Repetitorlik xizmatlari bilan taqqoslaganda, bu arzonroq variant, lekin o‘quvchining aybi bilan dars qoldirilsa, hech kim sarflangan pulni qaytarib bermaydi. Agar keyingi hisob-kitob davrida to‘lov hisobga olinsa ham, o‘tkazib yuborilgan darslarni o‘quvchi mustaqil ravishda o‘zlashtirishi kerak bo‘ladi.
Guruh mashg‘ulotlarining yaqqol seziladigan salbiy tomoni – Siz dasturga o‘zgartirish kirita olmaysiz, faqat Sizga kerakli narsani o‘qitishlarini talab qila olmaysiz. O‘qituvchining diqqati o‘quvchilarning barchasiga qaratilgan bo‘ladi va ular guruhda unchalik ko‘p bo‘lmasa ham, bu kuchli va zaif o‘quvchilar muammosini hal qilmaydi. Iqtidorli o‘quvchining “o‘rtacha tezligi” boshqalar uchun juda yuqori bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, siz mashg‘ulotlarga qatnash uchun ko‘p vaqt sarflaysiz. Uyingizga yaqin bo‘lgan munosib narxlardagi yaxshi kurslar optimal kombinatsiyasini topish deyarli imkonsiz vazifadir.
Va nihoyat, bepul yoki eng arzon variant – bu mustaqil ravishda tayyorlanishdir.
Bundagi asosiy qiyinchiliklar – o‘z-o‘zini tarbiyalash zarurati va "qayerdan-qayergacha" o‘qish kerakligini, ya’ni to‘g‘ri metodologiyani tushunmaslikdir.
Bajarilgan topshiriqlarni muvofiqlashtirish va boshqarish, tekshirish va baholash imkoniyatiga ega bo‘lgan murabbiyning yo‘qligi mustaqil ta’limni murakkablashtiradi.
Ta’lim olish har bir kishining imkoniyati darajasida qulay bo‘lishi kerakligini tushunish muhimdir. Har bir shaklning o‘z ijobiy va salbiy tomonlari bor va tanlov imkoni sizda qoladi. O‘tgan bir yil mobaynida hammamiz ko‘p muammolarni onlayn hal qilishni o‘rgandik va masofaviy ta’lim abituriyentlarni kirish testlarini topshirishga tayyorlash masalasida muvozanatli yechimga aylanishi mumkin.
Agar afzalliklar haqida gapiradigan bo‘lsak, onlayn ta’lim sizga mahorat va bilimlarni masofadan turib olish imkonini beradi. Siz asosiy o‘qishdan ajralmasdan o‘rganishingiz mumkin, auditoriyadagi darslarda qatnashishga hojat yo‘q. Bundan tashqari, o‘qitishning bu usulida o‘quvchining individual ehtiyojlari, tezligi va imkoniyatlari hisobga olinadi. Bunday kurslarning optimalligi – mashg‘ulotlar jadvali moslashuvchan va narxlar repetitor kurslarga qaraganda ancha arzon. Abituriyent yo‘lga sarf qilinadigan vaqtini tejash imkoniyatiga ega. Mashg‘ulot xavfsiz muhitda, uyda va sizning kuzatuvingiz ostida amalga oshiriladi.
Alltest yangi onlayn platformasi O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga tayyorgarlikning barcha muammolarini hal qiladi. Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi va kurs oxirida abituriyentlar "maktab ta’limining bo‘shliqlari"ni to‘laqonli to‘ldirgan bo‘ladilar. Abituriyentning sinovlarga tayyorligini platformada amalga oshiriladigan ijtimoiy statistika asosida aniqlash mumkin. Bunday mashg‘ulot barcha ko‘rib chiqilgan o‘qitish shakllariga ega: bu yerda faqat kerakli materiallar tayyorlanadi va rivojlanish nazorat qilinadi – o‘ziga xos repetitor bilan mashg‘ulot singari, o‘quvchilar o‘z bilimlari bo‘yicha boshqalar bilan raqobatlashadilar va o‘zaro muloqot qilib foydali tajriba almashishlari mumkin – guruh mashg‘ulotlari muhiti, abituriyentlar o‘zlari qancha va qachon o‘qish kerakligini belgilash imkoniyatiga egalar – mustaqil ravishda tayyorlanish jarayonidagi kabi. Bu abituriyentga darslarga bo‘lgan qiziqishni yo‘qotmaslikka imkon beradi, o‘quv jarayonining zerikarli bo‘lishini susaytiradi.
Alltest – hamma fanlar bo‘yicha va o‘qituvchilarni topish mushkul bo‘lgan kichik shaharlar hamda ta’lim olish qimmat, mashg‘ulotlarga qatnash uchun yo‘lga ko‘p vaqt sarflab uyga bolalari kech qaytadigan yirik shaharlar aholisi uchun ham keng qamrovli va iqtisodiy yechimdir. Alltest ta’lim sifati va olingan bilimlarga zarar yetkazmasdan vaqtni va mablag‘ni tejaydi. Ota-onalar platformada ta’limni nazorat qilib bolaning taraqqiyotini kuzatib borishadi.
O‘quv formatini tanlash – abituriyentning o‘zi va uning ota-onasining ishi. Asosiysi, ta’lim shaklida emas, balki uning mazmuni va natijasida ekanligini unutmaslikdir. Qunt bilan o‘rganish va imtihon oldidan tayyorgarlik ko‘rishga mas’uliyatli yondashish, albatta, o‘z mevasini beradi. Shuning uchun, OTMga kirish uchun tayyorgarlikni noma’lum muddatga qoldirmang. Alltest'dan boshlang, o‘z bilimlaringizni oshiring va ishonch bilan yuqori ballaringizni oling. Sizning ertangi ko‘rsatkichingiz – bugungi tanlovingiz natijasidir.
Qalampir promokoddan foydalanib, Alltestda ta’lim olish uchun 20% chegirmaga ega bo‘ling.
Aloqa uchun raqam: +998 97 1054411
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi