Abituriyentlar diqqatiga: kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar tasdiqlandi

Jamiyat 44294
image

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 10-son bayoni bilan 2021-2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, bu yil kirish imtihonlarida maksimal ball 280,5 ballni tashkil qiladi. Uchta majburiy fan blokidan imtihon olinadi: ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixida jami 45 ta savol bo‘lib, ularning har biriga 2,1 balldan beriladi. Ta’lim yo‘nalishiga mos fanlargaa 3,1 balldan beriladi. Bu blokda 2 tadan fan bor. Abituriyentlar jami 5 ta fandan test topshiradi.

Bundan tashqari, qabul komissiyasi test bilan birgalikda ijodiy imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni ham tasdiqlagan.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 3360
Reyting: 3
t
×