Abdusattorov xalqaro turnirning yarim finaliga yo‘l oldi

Sport

image

Shaxmat bo‘yicha “Chessable Masters” xalqaro turniri bahslari davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov g‘oliblik uchun kurashyapti.

Pley-off tizimida o‘tayotgan turnirning 1/4 finalida Nodirbek hindistonlik Arjun Erigaisini 2,5 : 1,5 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘l oldi.

Bugun, 5 aprel kuni Abdusattorov musobaqaning 1/2 finalida rossiyalik Denis Lazavikka qarshi bahs olib boradi. G‘olib shaxmatchi turnirning final bosqichiga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek mazkur turnirning 1-kunida hindistonlik Vidit Gujratini 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. 4 aprel kungi bahslarda esa Abdusattorov niderlandiyalik grossmeyster Anish Giridan ustun keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing