Vadim Abramov iste’foga chiqdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Milliy olimpiya qo‘mitasida o‘tayotgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kongressida O‘FA prezidenti – DXX raisi Abdusalom Azizov Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan shartnoma bekor qilinishini ma’lum qildi.

“Murabbiylar shtabi haqida gapiradigan bo‘lsak, ular bilan shartnomada ko‘zda tutilganidek, uchinchi bosqichga chiqish vazifasi bajarilmagani sabab, bugundan boshlab Vadim Korlenovich boshchiligidagi shtab bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi. Terma jamoa murabbiyi kim bo‘ladi, degan savolning natijasi bir kunda hal qilinadigan masala emas. Futbol faxriylari, mutaxassislar bilan muhokama qilib, keyinchalik ma’lum qilamiz", deydi Azizov.

DXX raisiga ko‘ra, yangi bosh murabbiyni tayinlashda bahonalarga o‘rin qoldirmaslik uchun xorijlik murabbiylar bilan ham muzokara o‘tkazilishi nazarda tutilgan. 

"Futbolning rivojlanishi va terma jamoaning yuksalishi ustida obektiv va to‘g‘ri ishlashimiz kerak. Bir yoki bir yarim oydan so‘ng mutaxassislar jamoasini topib, O‘FA kim bilan shartnoma imzolashini e’lon qilamiz”, deydi Azizov.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing