1-sinf o‘quvchilari qo‘shimcha bir haftalik ta’tilga chiqadi

Jamiyat

image

Maktablar ma’muriyati tomonidan 1-sinf o‘quvchilarining fevralda qo‘shimcha ta’tilga chiqishi belgilab qo‘yildi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi Matubot xizmati xabar bermoqda. 

“Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tacdiqlangan Nizom talablariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 1-sinf o‘quvchilariga ko‘shimcha ta’til berilishi lozim”, deyiladi ma’lumotda.

Xususan, 1-sinf o‘quvchilari fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’tilga chiqishlari ko‘zda tutilgan. Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi har bir maktab ma’muriyati tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Xalq ta’limi vazirligi maktablarda besh kunlik o‘quv haftasiga o‘tish va yozgi ta’til evaziga qishgi ta’til muddatini uzaytirishni qo‘llab-quvvatlamagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing