Hamshira farzandsiz qarindoshi uchun bola o‘g‘irladi
Olam
−
11 dekabr 2019
6727Pokistonda Balujiston viloyatidagi hamshira xolasi uchun shifoxonadan yangi tug‘ilgan egizaklarning birini o‘g‘irladi. Bu haqda “Ren TV” xabar berdi.
Tyergovchilarning ma’lum qilishicha, farzandli bo‘lgan ayol uyiga jo‘natib yuborilgan. Biroq ko‘p o‘tmay qaytib kelib ikkinchi bolasini so‘ragan.
Bolani hamshira va uning hamkasblari o‘g‘irlashgani ma’lum bo‘lgan. U yangi tug‘ilgan chaqaloqni qarindoshiga berib yuborgan. Hamshiraning so‘zlariga ko‘ra, uning xolasi 17 yoshida turmushga chiqqan va haligacha homilador bo‘la olmagan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari ayolni, uning qarindoshi va ikki sherikini hibsga oldi. O‘g‘irlangan bola onasiga qaytarildi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi