Abduraimov kubalik yengilmas raqibini 2-raunddayoq nokautga uchratdi

Sport

image

Bugun, 8 may kuni Las Vegasdagi T-Mobile arenada o‘tgan janglar kechasida o‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov jangning 2-raundida raqibini nokaut uchratib, mag‘lub etdi.

O‘zbekistonlik bokschi kubalik Manuel Korrea bilan jang qildi. Ularning jangi 8 raundga mo‘ljallangan edi, biroq Abduraimov 2-raunddayoq raqibini nokaut evaziga mag‘lub etdi.

Aytish joizki, kubalik Manuel Korrea Abduraimov bilan jang qilgunga qadar, biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, mazkur jang Elnur Abduraimovning professional boksdagi 9-jangi hisoblanadi. O‘zbekistonlik bokschi ham hali biror marotaba yutqazmagan.

Eslatib o‘tamiz, Las Vegasdagi T-Mobile arenada o‘tgan janglar kechasida meksikalik bokschi Kristian Gomesga qarshi ringga ko‘tarilgan Shahram G‘iyosov g‘alaba qozongandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

727

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing