Kurs UZS

USD

12 937.16

23.97

EUR

13 937.20

28.4

RUB

154.55

0.38

Abdurahmon Fozilov o‘zi haqidagi tanqidiy materialni o‘chirtirdi. U nimadan qo‘rqyapti?

Sport

image

Joriy yilning 26 mart kuni e’lon qilingan QALAMPIR.UZʼning “Manchester Siti” a’zosi Abduqodir Husanov atrofida o‘ralashib kontentlar qilayotgan blogerlar, jumladan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) muxlislar jamiyati rahbari bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan Abdurahmon Fozilov haqidagi tanqidiy materiali Instagram tomonidan o‘chirildi.

Tahririyatimiz SMM mutaxassislarining ma’lum qilishicha, bugun, 27 mart kuni aynan o‘sha post bo‘yicha Fozilovning elektron pochtasidan Instagram ma’muriyatiga jo‘natilgan mualliflik so‘rovi bo‘yicha video o‘chirilgan.

Videoda Abdurahmon Fozilovning futbolchilarni bezovta qilib, ularga ortiqcha ruhiy yuklamalar keltirib chiqarayotgani haqida gap boradi.

Video ostida Fozilov o‘z izohini ham yozib qoldirgandi.

“Hurmatli, QALAMPIR! Sizlarni barcha jurnalistlar “buyurtma” xabar va shantaj maqolalarni qanaqa darajada yozishingizni juda yaxshi biladi. Va shaxsan menga qanchalik adovatingiz borligini ham yaxshi bilamiz. Hozirgi kunda topdagi blogerligimdan foydalanib, hayp ishlamoqchi ekanligingizni va shaxsiy adovatingizni ham yaxshi bilamiz. Chunki bundan bir necha yil oldin amalga oshmagan “plan”laringizni unutmagan bo‘lsangiz kerak”, deb yozgandi Fozilov.

Shuningdek, kuni kecha, 26 mart kuni Fozilov QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurovga murojaat qilib, noaniq asoslar keltirib, o‘zi haqida chop etilgan videoni o‘chirib tashlashni so‘ragan.

Hozirda video yana QALAMPIR.UZ sahifasiga joylanib, kuzatuvchilar e’tiboriga havola qilindi. Tez orada saytimizning YouTube va Instagram sahifasida Fozilov va u kabi blogerlarning sportchilarni ortiqcha bezovta qilishi va buning yosh futbolchilarga salbiy ta’siri haqida videomaterial e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdurahmon Fozilov Abdudoqir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar