“Abdullajon”da rol o‘ynagan rossiyalik aktyor va rejissyor Menshov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Bugun, 5 iyul kuni rossiyalik taniqli rejissyor, aktyor, “Abdullajon” filmida general Naxlobuchko obrazini ijro etgan Vladimir Menshov koronavirus bilan kasallanish oqibatida 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Mosfilm” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 iyun kuni Vladimir Menshov koronavirus bilan kasallangan. 

Xabarga ko‘ra, "Mosfilm" kinokonserni va Vladimir Menshovning oilasi san’at arbobi bugun koronavirus bilan kasallanish oqibatida olamdan o‘tganini ma’lum qilgan.

Aytib o‘tish joizki, Menshovga “Moskva ko‘zyoshlarga ishonmaydi” filmi shuhrat keltirgan. Uning rejissyorligidagi ushbu film 1981 yil AQSH kinoakademiyasining “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Kartina o‘sha yili xorijiy tildagi eng yaxshi film nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.

Shuningdek, Menshov 1991 yilda o‘zbekistonlik rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan “Abdullajon” filmida ham rol ijro etgan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing