Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlab har yili adabiyot festivali o‘tkaziladi

Jamiyat

image

2019 yil 9 maydan boshlab har yili Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan “GOLDEN WORD” xalqaro adabiyot festivalini o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 24 martda tasdiqlangan “Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish, jumladan, tog‘li hududlarda ekologik turizmni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”da 2019 yil 9 maydan boshlab har yili Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan “GOLDEN WORD” xalqaro adabiyot festivalini o‘tkazish vazifasi belgilangan edi. Dastur ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Qahramoni, madhiyamiz muallifi Abdulla Oripov xotirasini abadiylashtirish, shu jumladan, Shahrisabzni “Festivallar shahri”ga aylantirish maqsadida joriy yil 8-9 may kunlari Qarshi va Shahrisabz shaharlarida “Oltin so‘z” I xalqaro adabiyot festivali o‘tkaziladi.

Festivalda dunyoning turli mamlakatlaridan shoirlar, yozuvchilar hamda jurnalistlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Festival doirasida Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida adabiy uchrashuv o‘tkazish, Qarshi va Shahrisabz shahridagi tarixiy-madaniy maskanlarga, G‘uzor tumanidagi “Tohir-Zuhro” majmuasiga tashrif, mushoiralar tashkil etish mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

GOLDEN WORD

Baholaganlar

12

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar