Abdulla Qodiriy bog‘ida yana bir mehmonxona quriladi

Jamiyat

image

Kecha, 20 mart kuni Hampton by Hilton Tashkent Park Abdula Kodiri mehmonxonasining poydevoriga vaqt kapsulasini qo‘yish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tadbirda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasining boshlig‘i Sharof Rahmonov, Olmazor tumanining hokimi Abdumajid Mullajonov va BI Group kompaniyasi vakillari ishtirok etgan. Qozog‘iston tarafidan Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchi-elchisi Qanat Hasenov va BI Group direktorlar kengashining raisi Aydin Rahimbayevlar vakillik qilgan.

Ma’lum qilinishicha, BI Group kompaniyasi loyiha doirasida nafaqat quruvchi, balki investori bo‘lib, investitsiyalar miqdori 100 milliard so‘mdan ortiqni tashkil qiladi. Yangi ob’ekt poytaxtimizning markazida joylashadi, mehmonxonadan 120 xona va biznes-markaz o‘rin oladi. Loyiha joriy yilning may oyida boshlanib, 2022 yil iyun oyida foydalanishga topshiriladi.

Tadbirda qurilish tufayli turli sohalarga tegishli o‘nlab yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi, loyihaning o‘zi esa ikki qardosh respublika o‘rtasidagi muvaffaqqiyatli hamkorlikning yorqin namunlaridan biri bo‘lishi alohida ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, BI Group — innovatsion qurilish xoldingi Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozorida yetakchidir. O‘z faoliyatini 1995 yildan amalga oshirib kelmoqda, dunyoning eng yirik qurilish kompaniyalari ENR Top 250 Global Contractors reytingiga kiradi.
 
Hampton by Hilton Tashkent Park Abdula Kodiri – BI Group va Hilton Worldwide’ning to‘rtinchi qo‘shma loyihasidir.

O‘tgan yil davomida BI Group xoldingi tomonidan Hilton Worldwide bilan Markaziy Osiyoda 10 ta Hampton by Hilton mehmonxonalarini qurish bo‘yicha kelishuv imzolandi, ulardan biri Toshkentdagi mehmonxona bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing