Abdulla Aripov YeOII sammitida ishtirok etadi

Jamiyat

image

Joriy yil 19-20 avgust kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) hukumatlararo kengashining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatuvchi sifatida qatnashadi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu sammitda Armanistondan Nikol Pashinyan, Qozog‘istondan Asqar Mamin, Qirg‘izistondan Ulukbek Maripov, Belarus nomidan Roman Golovchenko, Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin ishtirok etadi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston Hukumati rahbari Abdulla Aripov bilan birga Kuba Respublikasi Bosh vaziri Manuyel Marrero Kruz (videokonferensaloqa orqali) kuzatuvchi sifatida qatnashadi. 

Qayd etilishicha, sammitda YeOII mamlakatlarining hukumat rahbarlari ichki va tashqi savdoni sug‘urtalashni qo‘llab-quvvatlash, tovarlarni eksport qilish uchun o‘rnatilgan bir tomonlama tarifsiz choralarning joriy qilinishi hamda eksport bojxona bojlari masalalarini ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, gaz, neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorini, shuningdek, integratsiyani chuqurlashtirishni muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing