Abdulla Aripov Qozog‘iston Bosh vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 10 aprel kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlarini bog‘lovchi chegara hududda (“G‘ishtko‘prik” – “Jіbek joli”) “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markaziga tamal toshi qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Askar Mamin ishtirok etgan. Bu haqda O‘zbekiston Hukumatining Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “so‘nggi yillarda davlatlar rahbarlarining o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan samimiy, iliq munosabatlari tufayli mamlakatlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalari yanada mustahkamlanib borayotgani, Prezidentlarning tashabbuslari va siyosiy irodalari tufayli ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilib, o‘zaro manfaatli loyihalar bilan boyitilayotgani” ta’kidlangan.

Xabarga ko‘ra, “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo iqtisodiy hamkorlik markazi ushbu loyihalarning amaldagi ifodasidir. Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu loyiha nafaqat ikki tomon uchun samarali bo‘ladi, balki mintaqada savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga ham qo‘shimcha turtki beradi.

Qozog‘istonga tashrif doirasida Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashish va ikki tomonlama hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalari ishtirokida ishchi yig‘ilishi ham o‘tkazigan.

Yig‘ilishda xalqlar manfaatlari yo‘lida savdo-iqtisodiy, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirishning maqbul yo‘llari atroflicha muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing