Abdulaziz Komilov: Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida o‘zbek tili ham o‘qitilmoqda
Jamiyat
−
19 may 2019
3037Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkentda MDXMI bitiruvchilarining V xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu forumda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida o‘zbek tili ham o‘qitilayotganini ta’kidlab o‘tgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan MDXMI o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Bugungi kunda MDXMIda 50 dan ziyod xorijiy tillar o‘qitilmoqda. 2000 yildan o‘zbek tili bo‘yicha ham saboqlar berish yo‘lga qo‘yilgan.
Forum davom etmoqda.
LiveBarchasi