Abdulaziz Komilov Karsten Sendergordni qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Daniya Qirolligining Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Karsten Sendergordni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv avvalida Abdulaziz Komilov elchidan Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, Sendergordni mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shu nuqtayi nazardan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazish zarurligi qayd etildi. 

Ta’kidlanganidek, mazkur tadbir istiqbollarini aniqlash va ularga e’tibor qaratishga imkon beradi. Uchrashuvda bo‘lajak O‘zbekiston-Daniya tadbirlari jadvali va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Daniya elchisini qabul qildi

Baholaganlar

3

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar