Abdulaziz Komilov Qatarga boradi
Jamiyat
−
09 Aprel 2021 3387 1 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston delegatsiyasining Qatarga amaliy tashrifi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10-11 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amaliy tashrif bilan Qatar davlatida bo‘ladi.
Bo‘lajak uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr