Alisher Qodirov Mirziyoyev Singapur dohiysidan ham ko‘p ish qilayotganini aytdi
Jamiyat
−
21 yanvar 2020
10716O‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi palatalarining qo‘shma majlisi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Abdulla Aripov nomzodi muhokamasida “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov so‘zga chiqdi.
“Biz oxirgi vaqtgacha o‘zimizning Bosh vazirlikka nomzodimizni ko‘rsatmadik. Shunda Abdulla Nigmatovichning oldiga kelib “biz g‘olib bo‘lsak, sizni nomzodingizni ko‘rsatamiz”, dedik. Lekin biz buni etika nuqtai-nazardan e’lon qilmadik.
(Prezidentga murojaat qilib) Ma’naviyat va ma’rifat markazida ishlamagan bo‘lganimda sizni tanimasdim. Li Kuan Yuni bilasiz. Siz Shavkat Miromonovich, shu qisqa davrda undan ham ko‘p ishlar qilmoqdasiz”, deydi Qodirov.
So‘zining so‘nggida Alisher Qodirov partiya nomidan bu nomzodni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, saylovlar jarayonida “Milliy tiklanish” partiyasi tomonidan Bosh vazirlikka nomzod ko‘rsatilmagan. Partiya buni nomzodga nisbatan bosim bo‘lishi bilan izohlagan edi.
LiveBarchasi