Abduhakimov qo‘l ostidagilar moliyaviy hujjatlarni undan yashirayotganini ochiqladi

Jamiyat

image

Bugungi kunda  O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining boshi muammolardan chiqmay qoldi. Federatsiyasi balansidagi Malibu rusumli avtomobil federatsiyasi raisi o‘rinbosariga tegishli “Markaziy shaxmat klubi” MCHJga o‘z narxidan qariyb 3 baravar arzonga sotilishi, federatsiyasi raisi o‘rinbosari Husan Turdialiyev sabab grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonovaning AQSHga ketishi va yana boshqa ko‘plab muammolar shular jumlasidandir. 

Xo‘sh, Shaxmat federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov raislikka kelganidan buyon nimalarga ulgurdi, nimalarni o‘zgartirdi? Nega Federatsiyada hali-hamon muammolar tugamayapti? Nega shaxmatchilar, hatto, Jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovning ota-onasi ham federatsiyadan norozi? Savollarning oxiri yo‘q. 

Yuqoridagi kabi savollarga bir yildan buyon Federatsiyaga raislik qilayotgan Aziz Abduhakimovning o‘zi kecha, 3 fevral kuni soat 19:00 dan keyin 22:00 gacha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida javob berib o‘tdi. 

“Men raislikka saylanganimda federatsiya rahbariyatiga juda qattiq ishonardim. Ular necha yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan, federatsiyadagi muammolarni biladi, deb o‘ylagandim. Har safar gaplashganimda, “Mana, bizda barcha imkoniyatlar bor, muammolarni beringlar, yechimini topamiz”, deb so‘rardim. Ming afsuski, ular doimo hamma narsa yaxshi, muammolar esa yo‘qligini aytishardi”, deydi Abduhakimov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, raislikda ish boshlagan boshlang‘ich davrida shaxmatchilar va ularning ota-onalari ham muammolar bilan kelmagan. 

“To‘g‘risini aytsam, men sezgandim ota-onalar va shaxmatchilar hech ochilmasdi, muammolarni ko‘tarib ham kelishmagan”, deya ta’kidladi federatsiya raisi. 

Shuningdek, Abduhakimov ommaviy axborot vositalariga savol berayotgani, muammolarni ko‘tarayotgani uchun rahmat aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, OAV vakillari berayotgan savollar ortidan u ham qo‘l ostidagilarga yuzlangan. Hatto, moliyaviy masalalarga to‘xtalgan paytida o‘rinbosarlari xujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan holatlar ham kuzatilgan. Bular bo‘yicha esa xatlar kiritilgan, qonuniy chora ko‘rish uchun murojaatlar qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing