Abening dafn marosimi Yaponiyaga deyarli ikki million dollarga tushadi

Olam

image

Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abening dafn marosimi Yaponiya hukumatiga deyarli ikki million dollarga tushadi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 26 avgust kuni Yaponiya Vazirlar Mahkamasi ushbu maqsadlar uchun 250 million iyen (1,8 million dollar) ajratishni ma’qullagan. Bu miqdor Abening dafn marosimi bo‘ladigan Tokiodagi “Budokan”arenasini ijaraga olish va COVID-19 ga qarshi ehtiyot choralarini tashkil etish xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Siyosatchining dafn marosimida maksimal 6400 kishi qatnashishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Yaponiya muxolifat partiyalari xarajatlarni sinchiklab tekshiradi. Chunki, Abening dafn marosimiga ajratilgan xarajat hukumat 2020 yilda sobiq Bosh vazir Yasuxiro Nakasonening dafn marosimiga sarflagan xarajatidan (96 million iyen) ancha yuqori.

Shuningdek, xavfsizlikni kuchaytirish va samolyotlar yordamida teraktlarning oldini olish uchun Yaponiya Transport vazirligi kecha, 25 avgust kuni “Budokan”dan 46 kilometr radiusdagi hududlar uchun parvozlarni taqiqlovchi hudud tashkil etishini ma’lum qilgan.

Abening davlat dafn marosimi 27 sentyabr kuni “Budokan” va “Kitanomaru” bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Abega suiqasd

Joriy yilning 8 iyul kuni Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe ko‘chadagi chiqishi davomida otib ketildi. 41 yoshli yaponiyalik Tetsuya Yamagami qo‘lbola o‘qotar qurol bilan uni ikki marta otib tashladi. Abe qutqaruv vertolyotida shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar unga qon quyishdi va bir necha soat davomida uning hayoti uchun kurashdilar. Sobiq Bosh vazir 67 yoshida vafot etdi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 22 iyul kuni Yaponiya hukumati sobiq Bosh vazir Sindzo Abening davlat dafn marosimini 27 sentyabr kuni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing