Abening bevasi YTHga uchradi
Olam
−
25 iyul 2022
20891Tokioda Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abening bevasi Akie Abe o‘tirgan mashina avtohalokatga uchradi. Bu haqda “Kyodo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, orqadan kelayotgan xavfsizlik mashinalaridan biri Akie Abe o‘tirgan avtomobilga kelib urilgan. Hodisa nazoratchi politsiyachining e’tiborsizligi sabab yuz bergan.
Chorrahada ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 iyul kuni Sindzo Abe 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovi oldida ko‘chada tashviqot tadbirida nutq so‘zlayotgan vaqtida otib ketildi. 41 yoshli yaponiyalik Tetsuya Yamagami qo‘lbola o‘qotar qurol bilan uni ikki marta otib tashladi. Abe qutqaruv vertolyotida shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar unga qon quyishdi va bir necha soat davomida uning hayoti uchun kurashdilar. Biroq ko‘rilgan choralar naf qilmay, sobiq Bosh vazir shifoxonada vafot etdi.
LiveBarchasi