Abe o‘ldimi?

Olam

image

O‘qotar quroldan yaralangan Yaponiya sobiq Bosh vaziri Sindzo Abening yuragi va o‘pkasi to‘xtab qolgan biroq uning o‘limi tasdiqlanmadi. Bu haqda bugun, 8 iyul kuni TASS muxbiriga siyosatchi hujumga uchragan Nara prefekturasi o‘t o‘chirish boshqarmasi vakili ma’lum qilgan. 

“Ha, uning yurak va o‘pkasi to‘xtab qolgan, ammo o‘lim haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi”, deb ta’kidladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarmasi vakili. 

Ayrim ommaviy axborot vositalarining qayd etishicha, Abe klinik o‘lim holatida. Biroq, buni shifokorlar tasdiqlamagan. 

“Tez yordam raqami 119ga o‘q uzilgani haqida qo‘ng‘iroq bo‘ldi”, deya qo‘shimcha qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xodimi siyosatchi qanday holatda shifoxonaga olib ketilganiga ishora qilib.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abe bugun, 8 iyul kuni Nara shahrida saylovoldi tashviqoti chog‘ida o‘ldirildi. Sobiq Bosh vazir qon ketayotgan va hushini yo‘qotgan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Qo‘lbola miltiqdan bir necha marta o‘q uzgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi. U 41 yoshli mahalliy fuqaro Tetsuya Yamagami – Yaponiya o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlarining sobiq dengizchisi bo‘lib chiqdi. Hozirda politsiya uni so‘roq qilmoqda, sabablari haqida hozircha ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Sinzod Abega suiqasd

Baholaganlar

608

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar