A’zam Ikromov va Zoxidjon Ziyoyev ham eski o‘rnida qoldi
Jamiyat
−
31 yanvar 2023 6552 1 daqiqa
Prezident qarori bilan Agzam Ikromov va Zoxidjon Ziyoyev Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktorining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Bunga qadar ular bir necha yil davomida sobiq Statistika qo‘mitasida rais o‘rinbosarlari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Masalan, A’zam Ikromov 2017 yildan buyon Davlat statistika qo‘mitasi raisining iqtisodiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U 1981 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
1985 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan Zohid Ziyoyev esa 2019 yil may oyidan beri Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.
U Telekommunikatsiya texnologiyalari mutaxassisi, iqtisodchi. 2007 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini, 2010 yil Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetini, 2018 yil O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Shuningdek, Prezident qarori bilan Asadulla Qayumov va Farrux Karabayev Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr