Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi belgilanmoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik mezoni (yoki chegarasi) sifatida foydalaniladi. 2022 yildan boshlab, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish jarayonida qo‘llaniladigan va jon boshiga to‘g‘ri keladigan bir oylik daromad mezoni minimal iste’mol xarajatlariga tenglashtiriladi.

Har yili avgust oyiga qadar minimal iste’mol xarajatlari qiymatining prognoz parametrlari inflyatsiya kutilmalaridan kelib chiqib hisoblanadi.

Minimal iste’mol xarajatlari va kambag‘allik darajasi har yilgi hisobot yilida inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20 yanvariga qadar e’lon qilib boriladi. Minimal iste’mol xarajatlari tarkibi kamida har 5 yilda qayta ko‘rib chiqiladi.

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

•    minimal iste’mol xarajatlari, kambag‘allik chegarasi va uy xo‘jaliklarining real iste’mol qiymatlari hamda tarkibini o‘rganish;
•    sog‘lom hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar hamda xizmatlar uchun minimal iste’mol xarajatlar qiymatini hisoblash tamoyillari, bosqichlari va tartibi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing