Aholining fikrisiz shahar jamoat joylarini o‘zgartirish mumkin emas – Mirziyoyeva

Jamiyat

image

Jamoat va shahar aholisining fikrini e’tiborga olmasdan shahar jamoat joylarini tubdan o‘zgartirish mumkin emas. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shahar jamoat joylari, ayniqsa yashil bog‘ hududlari muhofaza qilinishi, asralishi va kengaytirilishi lozim.

“Jamoat va shahar aholisining fikrini e’tiborga olmasdan ularni tubdan o‘zgartirish mumkin emas”, deb yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab barpo etiladigan “Istiqlol” majmuasi bo‘yicha e’lon qilingan tanlov qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi.

Bunda asosiy e’tiroz “Istiqlol” majmuasi Toshkentning o‘z tarixiga ega bo‘lgan “Moviy gumbazlar” xiyobonida qurilishiga bo‘lgan. Negaki, majmua qurilishi u yerdagi ko‘p yillik daraxtlarning kesilib ketishiga olib kelishi mumkin edi.

“Bugundan e’tiboran Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan “Istiqlol” majmuasi barpo etilishi belgilangan hududdagi barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi va muhofazaga olinadi”, deyiladi hokimlik bayonotida.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan “Istiqlol” majmuasi barpo etilishi belgilangan hududdagi barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi va muhofazaga olinadi.

Bundan tashqari, “Istiqlol” majmuasi qurilishi bilan bog‘liq tanlov shartlarida “Moviy gumbazlar” restorani buzilishi ko‘zda tutilmaganligi sababli, ushbu masala tanlovga taqdim etiladigan loyihalarda o‘z aksini topishi shart.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing