Aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji 2030 yilgacha to‘liq qondiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi. Unda 2030 yilgacha aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish belgilangan.

Ijtimoiy maqsadni amalga oshirishda quyidagilarga erishish uchun  barcha chora tadbirlar amalga oshiriladi:

Mamlakatda o‘ta kambag‘allikni bartaraf qilish va kambag‘allik darajasini kamida ikki barobarga kamaytirish maqsadida daromad ko‘rsatkichi o‘rtadan yuqori mamlakatlarga xos bo‘lgan aholi daromadlari va farovonligining o‘sishini ta’minlash;

aholining, shu jumladan uning zaif qatlamlarining sifatli ta’lim, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan, qulay yashash sharoitlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek yosh aholining 50 foizini oliy ta’lim bilan qamrab olish;

o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 74,6 yoshdan (2018 yil) 78 yoshgacha oshirish, onalar o‘limi koeffitsiyentini uchdan birga, shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini ikki barobarga kamaytirish;

jon boshiga o‘rtacha uy-joy bilan qamrab olinishini 15,5 kvadrat metrdan (2019 yil) 20 kvadrat metrgacha yetkazish (yoki o‘rtacha 5 kishilik oilaga 100 kvadrat metr) va mamlakatni urbanizatsiyalash darajasini 60 foizgacha oshirish;

aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini yirik shaharlarda 98 foizgacha, tumanlarda esa 95 foizgacha oshirish;

Respublikaning yirik shaharlarida 87 foizdan ortiq va viloyatlar markazlarida aholining 54 foizidan ko‘prog‘ini kanalizatsiya tizimiga ulashni ta’minlash, shuningdek aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish.

Bundan tashqari, 2030 yilda mamlakatda o‘rta sinf qatlamining ulushi aholining yarmidan ko‘pini tashkil qilishi kutilmoqda va ularning sezilarli qismi yangi iqtisodiy, texnologiya, inson kapitali va biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq bilimlarga ega insonlar tashkil etadi. Ishonch va mas’uliyatga asoslangan jamiyat, shu jumladan aholining davlat va xususiy muassasalarga bo‘lgan ishonchi shakllanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing